Mashg’ulot maqsadi: Ushbu dastur nuklear tibbiyot bo'yicha joriy yangiliklarni qo’llagan holda stajyor shifokorlarning amaliy bilimlarini oshirishga qaratilgan. Bizning Nuklear tibbiyot bo'limimiz o'zining yuqori darajadagi uskunalari bilan kasalliklarni molekulyar darajada erta aniqlash imkonini beradi, shuningdek, maqsadli radioizotoplar bilan davolashni amalga oshiradi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlardan boshlab barcha yosh guruhlaridagi bemorlarda organlarning tuzilishi va funktsiyalari haqida batafsil ma'lumot berish, kasalliklarni tashxislash, davolash va kuzatishlarni maqsad qilgan.
Tasvirlash usullari va davolash yo’nalishlari
-O'pka perfuziyasi va ventilyatsiya sintigrafiyasi; SPECT/KT yordamida aniq anatomik lokalizatsiya va diagnostika aniqligini oshirish -Markaziy asab tizimidagi demans, epilepsiya, parkinson kabi kasalliklar diagnostikasi -SPECT/KT yordamida aniq anatomik lokalizatsiya va diagnostika aniqligini oshirish, PET/KT yordamida miya metabolizmini baholash -Koronar arteriya kasalliklarida ishemiya-infarkt maydonini aniqlashda SPECT/KT yordamida zaiflashuvni tuzatish, artefaktlarni yo'q qilish orqali qisqa vaqt ichida aniq tasvirlashni amalga oshirish, PET/KT yordamida jonli to'qimalar maydonini aniqlash -Harakat-tayanch tizimi kasalliklarida SPECT/KT yordamida to'g'ri anatomik lokalizatsiyani ta'minlash orqali soxta ijobiy va salbiy baholashlarni oldini olish. -Qalqonsimon bez, paratiroid va buyrak usti bezlari kasalliklarida SPECT/KT yordamida to'g'ri anatomik lokalizatsiya va diagnostika aniqligini oshirish -Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari diagnostikasi -Buyrak kasalliklarini diagnostikasi va kuzatuvi (stenoz, reflyuks, infektsiya, o'sma va boshqalar)
Nuklear onkologiya
-18F-FDG, 18F-NAF, Ga-68 peptid (DOTA birikmalari) va Ga-68 PSMA o’sma PET/KT tasviri -Intraoperativ Gamma Probe ilovalari -SPECT/CT yordamida aniq anatomik lokalizatsiya va diagnostika aniqligini oshirish uchun radioaktiv yod 131 va I 123 yoki I 131 MIBG sintigrafiyasi -Sentinel limfa tugunini tekshirish (ko'krak saratoni va malign melanomada SPECT/KT yordamida anatomik xaritalash)
Nuklear onkologiya davolash yo’nalishlari
-RAI 131 davolash (qalqonsimon bezning yaxshi sifatli va xavfli kasalliklari) -Lyutesiy-177 DOTA va Aktiniy-225 DOTA birikmalari bilan neyroendokrin o'smalarni davolash -Lyutesiy -177 PSMA, Aktiniy -225 PSMA va Radiy-223 bilan prostata saratonini davolash -Suyak metastazlarida og'riqni davolash -Jigarning birlamchi o'smalari va metastazlarida TARE (Y-90, Golmiy-166) usuli -I131 MIBG terapiyasi
Ushbu dastur davomida stajyor shifokorlar nuklear tibbiyot asoslari va diagnostika usullari haqida ko'proq ma’lumot oladi. Stajyor shifokorlar muolajalarni xaqiqiy bemorlarda kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
İntegratsiyalashgan onkologiya xizmatlari
Onkologiya markazi innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan. Bemorga yo'naltirilgan multidisiplinar yondashuv bilan saraton kasalligiga kompleks yordam ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Bizning maqsadimiz, integratsiyalashgan onkologiya xizmatini taqdim etish orqali bemorlarga yordam ko'rsatishni bir ust darajaga olib chiqishdir. Kasallikni davolash usullaridan tashqari, biz bemorlarimizning hayot sifatini yaxshilash haqida ham qayg'uramiz.
-Jismoniy reabilitatsiya - Ovqatlanish bo'yicha maslahat - Palliativ yordam - Qo’shimcha xizmat ko'rsatish dasturi
Multidisiplinar jamoa
Onkologiya markazimiz stajyor shifokorlarga multidisiplinar jamoa tomonidan qulay yondashuv asosida bemorlarning davolanishini yaqindan kuzatib borish imkoniyatini beradi.
- Tibbiy onkologiya - Radiatsion onkologiya - Nuklear tibbiyot - Intervension radiologiya - Onkogematologiya -Jarrohlik onkologiyasi - Ginekologik onkologiya - Radiologiya - Patologiya - Psixiatriya - Ichki kasalliklar shifokorlari -Jarrohlik bo'limi shifokorlari bemorlarimizni davolash jarayonlarida faol ishtirok etadilar.
Davomiyligi:2 hafta Ishtirokchilar soni: 2 shifokor Har bir ishtirokchi uchun o'qish to'lovi: 1500 USD
YAŞAM HASTANELER GRUHI ONKOLOGIYA MARKAZI STAJ DASTURI
*Dastur kuzatuvchi sifatida amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi. * Mashg'ulotlar haftaning ish kunlarida bo'ladi. *Mashg'ulotlar yakunida ishtirokchilarga YAŞAM HASTANELER GRUBU tomonidan sertifikat beriladi. * Paketga klinikaning oshxonasida tushlik kiritilgan. * O'qitish tili ingliz yoki turk tilida bo'ladi. * Paketga aeroport-mehmonxona va mehmonxona-aeroport transfer xizmati kiritilgan. * Bepul Wi-Fi-dan foydalanish. *Tanlangan o'qish davri kunlari kamida bir oy oldin belgilanishi kerak. * O'qish davri murabbiy shifokorlarning mavjudligiga qarab belgilanadi. *Mashg'ulotlarning kunlik rejasi murabbiy shifokorlar tomonidan belgilanadi va tartibga solinadi.