Oxirgi 4 oyda 23 ming xorijlik davolanish uchun Oʻzbekistonga kelgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 2 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Mazkur muddatda chet el fuqarolarining 1754,2 ming nafari qarindoshlarni yoʻqlash, 185,9 ming nafari dam olish, 22,7 ming nafari davolanish, 14 ming nafari tijorat, 4 ming nafari oʻqish maqsadida hamda 38,6 ming nafari xizmat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan.