O‘zbekiston va Rossiya tibbiyot sohasida qator shartnomalar imzoladi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumida bir qator memorandum va shartnomalar imzolandi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Bugun Samarqandda O‘zbekiston — Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi boshlanadi. Anjumanda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ishtirok etmoqda.
Tadbirda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ham so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida ikki mamlakat o‘rtasida mustahkam aloqalar va yaqin hamkorlik munosabatlari bog‘lab turishini alohida qayd etdi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda tibbiyot sohasida duch kelgan xavf-xatarlarga qarshi kurashishdan qilingan xulosalardan kelib chiqib, 6 ta ustuvor yo‘nalish:
– ta’lim va kadrlar salohiyatini oshirish;
– ilm-fan va texnologiyalar;
– dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalar;
– raqamli transformatsiya;
– xalqaro yuqori texnologik yordam;
– sog‘liqni saqlashni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilish muhim ekanini aytib o‘tdi.