Umurtqa pog‘onasi churrasi borligidan darak beradigan 3 ta belgi
“Sedentary behavior” — bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
tomonidan harakatsiz turmush tarzi xususida gapirilganda ishlatiladigan
atama. Bu ibora so‘zma-so‘z “o‘tirish tarzi” deb tarjima qilinadi va bu
xatti-harakat ko‘pincha harakatsizlik bilan qorishib ketgan, deb yozadi The Voice Mag nashri.
Farqi
nimada? Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlari bo‘yicha
“mobil” bo‘lish juda oddiy: buning uchun haftasiga 150 daqiqa o‘rtacha
yoki 75 daqiqa kuchli aerobik mashqlar yetarli. Hatto, sport zaliga
borishning hojati ham yo‘q: shunchaki muntazam ravishda piyoda yurish va
avtobusdan bir bekat oldin tushish va hokazo.
O‘tirish bilan o‘tadigan turmush tarzi nima?
Kun
davomida o‘tirishni taqozo qiladigan turmush tarzida hamma narsa
murakkabroq: bu kunning ko‘p qismida energiya iste’moli bir yarim
metabolik ekvivalentdan oshmaydigan har bir kishi tomonidan amalga
oshiriladi, ya’ni organizm ish paytida sarflaydigan kaloriyalarni dam
olish vaqtida sarflaydi. Masalan, kompyuterda ishlayotganingizda qancha
energiya sarflaysiz.
Shoh va mot: ma’lum bo‘lishicha, agar ayol
haftasiga uch marta mashq qilsa-yu, lekin sakkiz soatni ofisda o‘tkazsa
ham u harakatsiz hayot tarzini olib boradi. Va bu ko‘p hollarda jiddiy
muammolar keltirib chiqaradi: kunning katta qismida asosiy mushaklar
passiv bo‘lishi zararli va o′tirganimizda aynan shunday bo‘ladi.
Churrani qanday aniqlash mumkin?
O‘tirish
bilan o‘tadigan turmush tarzining oqibatlaridan biri — bu churraning
paydo bo‘lishi, umurtqalarimiz orasida joylashgan diskning gelga
o‘xshash yadrosi siqilib, shundan so‘ng yumshoq to‘qimali bo‘rtib
chiqqan kist hosil bo‘lishidir. Ko‘pincha bunday shikastlanishlar 20
yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan odamlarda uchraydi va birinchi bosqichda
ularni payqash qiyin.
Tibbiyot fanlari doktori, ortoped-jarroh
Shirvinda Vijesekera tushuntirganidek, churrani faqat og‘riq bilan
aniqlab bo‘lmaydi — odamlar bu alomat bilan shifokorga tez-tez kelishadi
va u har doim ham diskning deformatsiyasi haqida gapirmaydi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha “qizil bayroqlar“ churradan
darak beradi.
Gap shundaki, umurtqa pog‘onasi chegarasidan
tashqariga “sizib chiqqan” disk orqa miya va qon tomirlariga bosim
o‘tkazadi. Natijada uchta qo‘shimcha simptom paydo bo‘ladi:
Qo‘llar, oyoqlar yoki yonbosh tomonda og‘riq, ayniqsa, churra orqa tomonning bel qismida bo‘lsa. Og‘riq oyoqdan pastga tushadi;
Uyquchanlik
yoki sanchiq. “Bo‘rtiq” umurtqa pog‘onasi diskidan ta’sirlangan nervlar
bel, oyoq, qo‘lda bu holatni keltirib chiqaradi;
Qo‘l yoki oyoqdagi zaiflik, bu narsalarni ko‘tarish va ushlab turish yoki yurishni qiyinlashtiradi.
Agar
siz ushbu alomatlarni boshdan kechirganingizni anglagan bo‘lsangiz,
shifokor bilan maslahatlashing — bu sizni jiddiy muammolardan qutqarishi
mumkin.